Jahon yangiliklari
Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan Mardin shahridagi ko’pqavatli uylardan birida istiqomat qiluvchi oila ketma-ket judoliklarga uchradi. Binoning 4-qavatidan qulashi natijasida 33 yoshli ona S.A. va uning 5 yoshli o’g’li H.A. voqea joyiga yetib kelgan Favqulodda sog’liqni saqlash xodimlari va politsiya tomonidan kasalxonaga yuborilgan bo’lsa-da, oradan ko’p vaqt o’tmay ikkisi ham halok bo’lgan. 7 yoshli E.A. ismi qizaloq esa o’g’ir tan jarohati bilan dastlab xususiy, so’ngra shaharning markaziy shifoxonasigga olib borilgan. Biroq shifokorlarning aralashuviga qaramay E.A. ham hayotdan ko’z yumdi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mardin IIB xabariga ko’ra, vafot etgan ona Qiziltepe tumanida sog'liqni saqlash xodimi bo'lib ishlagan. Dastlabki surishtiruvlar davomida S.A. bir necha bor psixologik yordam olgani aniqlandi.