x

Mahalliy yangiliklar

Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga Xorazm viloyatida yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushdi.

Unda aytilishicha, fuqaro L.K.ning 2015-yilda tug‘ilgan farzandi D.D. Gurlan tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabida tahsil oladi. Murojaatchi ushbu ta’lim maskani o‘qituvchilari A.Z. va D.A. larning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bilim berish darajasi yetarli emasligi sababli o‘qituvchilarni o‘zgartirish bo‘yicha maktab direktori Q.Q. ga murojaat qilganligini bildirgan. 

Biroq bu holat maktab direktori tomonidan e’tiborsiz qoldirilganligi, maktab faoliyati qoniqarsiz darajada ekanligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilinganligiga qaramasdan holat yuzasidan mas’ullarga chora ko‘rilmayotganligi aytilgan. 

Bolalar ombudsmanining Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga so‘rovi asosida Xorazm viloyati boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan holat o‘rganildi va fuqaro L.K. ning farzandi o‘qiyotgan sinfdagi ta’lim sifati haqiqatan ham talab darajasida emasligi aniqlandi. 

Mazkur sabablarga ko‘ra, 34-sonli maktab o‘qituvchilari A.Z. va D.A. larga nisbatan “hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanildi. 

Shu bilan birgalikda, maktab direktori Q.Q. maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar faoliyatini doimiy nazoratga olishi va bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha ogohlantirildi.

To Top ↑
To Top ↑