Jahon yangiliklari
Angliyaning maktab o’qituvchilari kasaba uyushmasi rahbarining aytishicha, maktablar bilan kelishmovchiliklar tufayli ota-onalar o'z farzandlarini uyda ushlab turishmoqda.
Tadqiqot shuni ko'rsatmoqdaki, o'qituvchilar va maktab rahbarlarining deyarli uchdan bir qismi (32%) bu o'quv yilida ota-onalarning maktab bilan kelishmovchiligi tufayli o'quvchilar darsga qatnashmagan.
Oʻtkazilgan yangi soʻrovnomada yanvar oyida Angliyadagi 8411 nafar oʻqituvchi va maktab rahbarlaridan o’quvchilarning kasallikdan boshqa dars qoldirish sabablari so’ralgan. Javob beruvchilarning yarim qismidan ko'prog’i (51%) o'quvchilar bir kun avval bo'lib o'tgan voqea sababli charchagani uchun uyda qolganligini ta’kidlashdi.
Deyarli 10 nafardan toʻqqiz nafari (87%) taʼtilni o’qish mavsumi davomida olishni istashlari sabab sifatida koʻrsatilgan boʻlsa, har toʻrtdan uchtasi (76%) oilaviy voqealarga ishora qilgan.