x

Jahon yangiliklari

Rossiya Federatsiyasi prezidenti qoshidagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaning ma'lum qilishicha, Suriyadagi qochqinlar lagerida bo'lgan 32 nafar bolalar Rossiyaga qaytarilgan.

Moskva yaqinidagi Chkalovskiy aerodromida Belovaning o'zi bolalarni kutib olgan. Ular 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan 20 nafar o'gil va 12 nafar qiz bolalar ekani qayd etilgan.

Qo'shimcha qilinishicha, bolalar ayni paytda klinikada tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Bolalar ijtimoiy reabilitatsiya qilinganidan so'ng yaqinlari bag'riga qaytadi.

To Top ↑
To Top ↑