x

Mahalliy yangiliklar

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida maktab direktori o‘quvchilarning boshini urishtirdi. Shu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Videoda direktor ikki o‘quvchining boshini bir-biriga urishtirayotganini, so‘ngra ulardan birining orqasiga va boshiga mushti bilan urganini, keyinchalik har ikkala bolaning yuziga tarsaki tortganini ko‘rish mumkin. Direktor «bu davlatning partasi, otangni partasi emas», deb koyigani eshitiladi.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova hodisaga izoh berdi. Qayd qilinishicha, holat 2024 yil 13 yanvar kuni yuz bergan. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori T.A. 7-sinf o‘quvchilari «partani sindirgani va shovqin solgani» tufayli ularni shunday «nomaqbul tarzda tarbiyalashga uringan».

Maktab direktorining mazkur harakatlari yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑