x

Mahalliy yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 16 yoshga to'lgan maktab bitiruvchilaridan o'z vaqtida pasport (ID karta) olishlarini so'radi.

"Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz", – deyiladi vazirlik xabarida.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 400 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari zarur.

To Top ↑
To Top ↑