x

Mahalliy yangiliklar

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyatda “Telefonsiz maktab” tashabbusini ilgari surib, oʻqituvchilari va oʻquvchilari telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million soʻm pul mukofoti berishini maʼlum qilgani haqida xabar bergan edik.

Vazirlar Mahkamasining 2012-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ham bu borada qatʼiy belgilab qoʻyilganini Toshkent viloyati hokimligi ham maʼlum qildi.

Maktablarda telefonlardan foydalanishni taqiqlash tashabbusi Angren shahridagi ikkita – 13 va 17-sonli umumtaʼlim maktablarida amalga oshirilgan.

Hokimlik dars vaqtida oʻquvchilarning telefonlari saqlanadigan shkaflarni koʻrsatdi. Har bir shkaf alifbo tartibida raqamlangan.

Mazkur maktablar maʼmuriyati hozirda oʻquvchilarning chalgʻimasligi, ularning eʼtibori oʻqituvchilar ular bilan baham koʻradigan bilimlarni egallashga qaratilayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, maktab maʼmuriyatida ota-onalar qoʻmitasi vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilgani taʼkidlandi. Yigʻilishda taʼlim muassasasida telefonlardan umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surildi.

To Top ↑
To Top ↑