Jahon yangiliklari
Turkiyaning Siirt shahrida 8 yoshli Umut Aydinalp ismli bolakay sug’orish hovuzida cho’kib, vafot etdi.
Voqea kechki payt Pervari tumanida sodir bo’lgan. Xabar berilishicha, o’ynash uchun tashqariga chiqib ketgan 8 yashar Umut uyidan 150 metr uzoqlikda joylashgan pistazorning sug’orish havzasiga muvozanatini yo’qotishi oqibatida yiqilib tushgan.
Oradan uzoq vaqt o’tsa ham bola uyga qaytib kelmagach, yaqinlari uni qidira boshlashgan. Bolakay hovuzdan harakatsiz holda topilgan. Oilaning chaqiruvidan so’ng voqea joyiga qutqaruv va tibbiyot xodimlari yetib kelgan. Ko’rsatilgan birinchi tibbiy yordamdan so’ng bola shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlar tomonidan ko’rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay marhum bolakayni saqlab qolishning imkoni bo’lmadi.
Umutning jonsiz jasadi sud-tibbiy ekspertiza uchun Siirt o’quv va tadqiqot shifoxonasiga olib borilgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.