Jahon yangiliklari
PtS tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotlarga ko’ra, Buyuk Britaniyalik ota-onalarda bola parvarishi bo’yicha qarzlar miqdori keskin oshgan. Mamlakatda 5 yoshgacha bo’lgan farzandi bor 35800 nafar ota-onalar ishtirokida o’tkazilgan so’rovnomada ularning 45,9 foizi, ya’ni qariyb yarmi bola parvarishi uchun qarzga botayotganini ta’kidlagan.
Ushbu ko’rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 30 foizga oshganini ko’rsatadi, deyilmoqda bolalar g’amxo’rligi bo’yicha hisobotda. Mazkur qatlamdagi ota-onalar soni hali ham yuqori bo’lib, deyarli uchdan ikki qismi bolalarini boqish uchun kredit yoki qarz olishlari aytilgan. 5 yoshgacha bo’lgan bolasi bor oilalarning 53 %i o’z daromadlarining 4 dan 1 qismidan ko’proq qismini bola xarajatlariga sarflamoqda. Bu esa o’tgan yilgi ko’rsatkichlardan 16 foizga ko’proq. Har beshinchi ota-onadan biri (19,2%) daromadlarining yarmidan ko’pni o’z bolalarini parvarishlash uchun sarflashadi. Bu esa o’z-o’zidan farzand ko’rish sonini qisqarishiga olib kelishi mumkin.