x

Mahalliy yangiliklar

O‘zbekistonda 2023-yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2282 nafar fuqaro, jumladan, 263 nafar bola vafot etdi. Bu haqda Senatdagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, 2023-yilda jami 16 mln dan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan, jumladan, 13 mln dan ko‘p qo‘pol qoidabuzarlik, 42 mingga yaqin transport vositasini mast holda boshqarish, 300 mingdan ortiq piyodalar qoidabuzarligi qayd etilgan. Majlisda bunga avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmagani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Yil davomida respublikada 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. 2023-yilda bolalar bilan bog‘liq 1794 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok bo‘lgan.

To Top ↑
To Top ↑