x

Jahon yangiliklari

Amerikaning Kentukki shtati qonunchilik palatasi tomonidan hali tug‘ilmagan bolalar uchun ham aliment undirish huquqini beruvchi qonun loyihasi ilgari surildi. Bu respublikachilar boshchiligidagi ba’zi shtatlarda homiladorlik vaqtidagi huquqlarni  ta’minlovchi qonunlar kengayishi yo‘lidagi sa’y harakatlardan biridir.

Ushbu loyiha onaga homiladorlik xarajatlarini qoplash uchun tug‘ilgandan keyin bir necha yilgacha bolani qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi. Qonun loyihasi Senatning Oila va bolalar qo‘mitasi tomonidan ma’qullanib, Senatning to‘liq tarkibiga yuborildi. Qolaversa, mazkur tashabbus ajrimdan so‘ng abort holatlarini kamaytirishi mumkinligi ham nazarda tutilgan. Biroq, abort huquqlari himoyachilarining xavotir bildirishicha, bundan so‘ng mazkur masala bilan bog‘liq tahdid yoki jinoyatlar ortishi mumkin.

Mazkur qonun uchun mavjud to‘siqlardan biri tug‘ilmagan bola uchun amalga oshiriladigan ishlar borasida tuman advokatlarida ortiqcha xarajatlar ko‘payishidir. Bunday hollarda prokurorlar bolalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalana olmaydilar. Tarafdorlar xarajatlar uchun davlat byudjetidan alohida mablag‘ olishlari mumkinligi aytilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑