x

Mahalliy yangiliklar

Buxoroda 15 yoshli oʻsmir Bolalar ombudsmaniga onasining tazyiqidan shikoyat qildi. Bu haqda kotibiyatning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida yashovchi 15 yoshli M.M. (oʻgʻil bola) ning onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq oʻtkazib kelgani sabab bola 2023-yildan buyon buvisining qaramogʻida yashab kelgan.

Shuningdek, M.M. ning otasi aliment majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun ozodlikdan mahrum qilingan. Singlisi va oʻzini onasi qaramogʻiga berilishidan noroziligini bildirib, amaliy yordam soʻragan.

Bolalar ombudsmanining soʻrovi asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur oilaning ijtimoiy vaziyati atroflicha oʻrganilgan. Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi holatni oʻrganishi davomida haqiqatdan ham bolaning ustun manfaatlarini ona emas, buvisi taʼminlay olishi toʻgʻrisidagi berilgan xulosasi asosida M.M. ga va uning singlisiga buvisi rasmiy ravishda vasiy etib belgilangan.

“Mazkur oilaning ijtimoiy masalalari kelgusida ham Bolalar ombudsmani va mutasaddilar kuzatuvi ostida boʻlib, zarur hollarda tegishli koʻmak koʻrsatish choralari koʻriladi”, deyiladi xabarda.

To Top ↑
To Top ↑