Jahon yangiliklari
Hindistonning Assam shtati Britaniya davrida yo’lga qo’yilgan musulmonlar nikohi haqidagi qonunni bekor qildi. Hukumatning bayonot berishicha, mazkur qonun bolalar nikohiga ruxsat berar edi.
Aholining katta qismi musulmonlarni tashkil etgani uchun, ushbu o’zgarishdan so’ng ular o’rtasida norozilik holatlari yuzaga keldi. Insayderlarning fikricha, bu holat hukumatning saylovoldi qonunchilikdan avval diniy qarashlarni qutbga solish yoki ajratishga urinishdir.
Assam shtati bosh vaziri yuqoridagi qonun bekor qilinganini bildirar ekan, X (Twitter)da shunday post qoldirdi: “Unda kelin-kuyov qonunda belgilangan 18 va 21 yoshga to’lmagan bo’lsa ham nikohga ruxsat berilar edi. Bu o’zgarish shtatimizda erta turmushning oldini olish bo’yicha muhim qadamdir”.
Ma’lumot o’rnida, mazkur qonun 1935-yilda qabul qilingan bo’lib, musulmonlarning shaxsiy qonunchiligiga muvofiq huquqiy jarayonlarni belgilab berardi. 2010-yildagi tuzatishdan so’ng, musulmonlarning har bir nikoh va ajrimini qayd etish majburiy etib belgilandi. Undan avval ro’yxatga olish ixtiyoriy bo’lgan.