x

Jahon yangiliklari

Turkiya Statistika Instituti kuni kecha 2023-yildagi nikoh va ajrimlar statistikasini e’lon qildi. Undagi ma’lumotlarga ko’ra turkiyalik 16-17* yoshdagi 10 471 nafar qiz erta turmush qurgan. 

Ushbu yosh qizlarga uylangan erkaklarning 168 nafari avvalgi turmushi bilan ajrashgan. Qolaversa, 4 nafar qiz 2-xotinlikka olingan.

600 dan ziyod qizlar 30 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan erkaklarga turmushga chiqdi. Antep viloyati mamlakatda eng ko’p yosh qizlar turmush qurgan viloyat bo’ldi. Antepda bu borada jami 960 nafar nikoh qayd etilgan. Undan so’ng esa 928 ta ko’rsatkich bilan Urfa shahri keyingi o’rindan joy olgan.

16-17 yoshdagi qizlarga uylangan erkaklarning yoshlari va ularning soni quyidagicha:

  • 30-34 yosh: 504
  • 35-39 yosh: 64
  • 40-44 yosh: 9

*Ma’lumot o’rnida, Turkiya qonunlariga ko’ra nikohlanishning yosh chegarasi 2022-yilda 18 etib belgilangan. Biroq, ota-ona roziligi bilan bo’lsa bu yosh 17 ga pasayadi. Favqulodda holatlarda, sud qarori bilan nikoh yoshi 16 gacha tushirilishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑