Jahon yangiliklari
Turkiya poytaxti Anqara shahrining Chubuk tumanida otasi tomonidan garovda saqlangan 7 yoshli bola 12 soatdan so’ng qutqarib qolindi. 2 hafta oldin xotini bilan ajrashgan 35 yoshli shaxs “Fidanlik” ko’chasidagi ko’pqavatli uylarning birida onasi qaramog’ida bo’lgan 7 yoshli o’g’lini qasddan qurol bilan garovga olgan.
Ayolning chaqirig’idan so’ng voqea joyiga xavfsizlik guruhlari yetib kelgan. Politsiyachilar va qarindoshlar vaziyatni betalofat hal qilish uchun dastlab so’zlar bilan ko’ndirishga harakat qilishdi. Natija bo’lmagach, kuch ishlatar guruh tomonidan operatsiya uyushtirilib bola qutqarib qolingan.
Operatsiya chog’ida xavfsizlik xodimlariga o’q uzgan ayblanuvchi yelka va oyoq qismiga jarohat yetkazilib, zararsizlantirilgan. Qurolli otishma tufayli ehtiyotkorlik yuzasidan garovdan qutqarilgan bolakay shifoxonaga olib ketilgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi.