x

Jahon yangiliklari

Amerika Qo’shma Shtatlarining Jorjiya shtati senatorlari maktab kutubxonalari bo’yicha bir nechta takliflarni ilgari surdi. Ulardan biri kutubxonadan o’quvchilar qanday kitoblarni olib o’qiyotgani haqida ularning ota-onalarini xabardor qilish bo’lsa, yana biri nomaqbul g’oyalarni targ’ib qiluvchi materiallar tarqatgani uchun maktab kutubxonachilarini jinoiy javobgarlikka tortish taklifidir.

Ushbu chora-tadbirlar ko’plab shtatlarda respublikachilar tomonidan maktab kutubxonalaridagi nomaqbul materiallarni yo’q qilishga qaratilgan tashabbusning bir qismi bo’lib, mazkur mavzudagi kitob va elektron materiallar bolalarga salbiy ta’sir qiladi. Nomaqbul materiallarda 18+, jinsiy sahnalar yoki epizodlar, umuman olganda, o’quvchilar yoshiga mos bo’lmagan har qanday mavzudagi kitob yoki materiallar nazarda tutilgan. 

Muxoliflarning aytishicha, bu senzura kampaniyasi bolalarning bilim olish erkinligini to’sish, shu bilan birga maktab kutubxonachilarini “yo’q qilish”ga xizmat qilishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑