x

Qozog’istonlik deputat Maharram Maharramov mamlakatda bo’lib o’tgan yalpi majlisda aliment to’lanmasligi muammosi haqida gapirdi. U bosh vazir Oljas Bektenovga so’rov xati yuborib, chora ko’rishni so’ragan. Maharramovning aytishicha, farandlarining alimentlarini vaqtida undira olmagan qozog’istonlik ayollarning ko’pchiligi deputatdan yordam so’rab murojaat qilishgan. 

“2022-yilda aliment qarzdorligi 13,7 milliardni tashkil etgan. 2023-yilda esa bu ko’rsatkich 20,7 milliardga yetdi. 1-yanvar holatiga ko’ra, 8 mingdan ortiq sud qarorlari ijrosi ta’minlanmagan”, – deya ta’kidlandi parlamentning yalpi majlisida.

Ushbu masala ilk bor Xalq partiyasi tomonidan 8 yil avval ko’tarilgan edi. O’sha vaqtda qarzdorlik 1 milliard tengeni tashkil etgan. 

Hukumat ma’lumotlariga ko’ra, eng ko’p hollarda aliment bolani qo’llab-quvvatlash uchun, boshqa hollarda esa bolalarning onalariga, o’zini boqishga qodir bo’lmagan turmush o’rtoqlar va ota-onalarga to’lanishi mumkin. 

Shu bilan bir qatorda, deputat Maharramov Qozog’istonda aliment undirish uchun maxsus tashkilot ochish taklifini ham bildirdi.

To Top ↑
To Top ↑