Jahon yangiliklari
Rossiya o’tgan 2023-yilda tug’ilishlar soni borasida antirekord o’rnatdi. Avvalgi yilda mamlakatda 1,264 million bola tug’ilgan. Bu haqda RosStat xabar berdi. Statistika tarkibida Donetsk, Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi tug’ilishlar soni hisobga olinmagan.
2023-yilda har 1000 kishiga 8,7 nafar tug’ilish to’gri kelgan. Bu esa so’nggi 24 yil davomidagi eng past ko’rsatkichdir. Ma’lumotlarga ko’ra, bundan avvalgi antirekord oxirgi marotaba 1999-yilda qayd etilgan: o’sha vaqtda har 1000 kishiga tug’ilish soni 8,3 ni tashkil qilgan edi.
RosStat taxminlariga ko’ra, keyingi 4 yilda tug’ilish darajasi pasayishda davom etadi va bu natija 2028-yilga kelib o’sishi mumkin.
Ma’lumot o’rnida, Statistika agentligiga ko’ra, 2023-yilda O’zbekistonda 961 962 nafar chaqaloq tug’ilgan edi.