x

Turkiyaning Inegol tumanida istiqomat qiluvchi oilaning 4 yoshli farzandi o’zining 11 yoshli opasini pichoq bilan yaraladi. 

Mamlakat nashrlari ma’lum qilishicha, ota-ona 2 farzandini uyda yolg’iz qoldirib, bozorga ketishgan. O’ynab o’tirgan yosh opa-singillar o’rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.  Ushbu holatdan so’ng 4 yoshli Gonul ismi qizcha 11 yoshli Elif ismli opasinining 2 joyiga oshxona pichog’i bilan shikast yetkazgan. 

Uyga yetib kelib, qonga belangan qizini ko’rgan ota-ona darhol Inegol davlat shifoxonasiga olib borishgan. Kasalxonada jarohatlangan bolaga tibbiy yordam ko’rsatilgan. 

“Derazadan tashqariga qarab turgandim, Singlim nega tashqariga qaraysan, deb pichoqni olib kelib menga sanchdi, oyog’imning ikki joyiga tiqib oldi”,-  deydi jarohat olgan Elif. 4 yashar “ayblanuvchi” Gonul yig’lab, opasini quchoqlab, o’pib uzr so’radi. Hozirda uning ahvoli yaxshi. Holat yuzasidan tergov ishlari boshlangan.

To Top ↑
To Top ↑