x

Mahalliy yangiliklar

Oʻzbekistonda 2023-yilda Jinoyat kodeksining 126−1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan 203 nafar shaxs sudlandi.

Qayd etilishicha, ularning 59 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 144 kishi esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni olgan.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59−2-moddasi (Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan esa jami 8928 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 5229 nafariga jarima jazosi, 3699 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllangan.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yil 11-aprelda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingan va Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslar oiladagi zoʻravonlikni nazarda tutuvchi moddalar bilan toʻldirilgan.

To Top ↑
To Top ↑