Jahon yangiliklari
Rossiyaning Vologda viloyati perinatal markazida 2024-yildagi ilk uch egizak dunyoga keldi. Egizaklarning barchasi qiz va ularning onasi 22 yoshda ekanligi ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, egizaklar homiladorlikning 34-haftasida dunyoga kelgan. Ularning vazni mos ravishda 2270, 2080 va 1920 grammni tashkil qilgan. Shifokorlarning malakasi tufayli tug'ruq muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Onaning va qizaloqlarning ahvoli yaxshi. Ularni dunyoga keltirish jarayonida 10 nafar tibbiyot xodimi xizmat ko'rsatgani ta'kidlangan.
Vologda viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, viloyatdagi ko'p bolali oilalar qo'llab-quvvatlanadi. Xususan, bir vaqtning o'zida uch yoki undan ortiq farzand dunyoga keltirgan oilalarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya beriladi.
Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi bosh akusher-ginekologi Sergey Miloserdov o'tgan yili ushbu perinatal markazda 3 egizak tug'ilish holati atigi bir marta kuzatilganini qo'shimcha qilgan.