x

Jahon yangiliklari

Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qiluvchi Horun Duman ismli 9 yashar bolakay 13 ta munchoq shaklidagi magnit donachalarini yutib yuborgani ma’lum bo’ldi.

Dastlab, bola uzluksiz qayt qilishdan bir necha kun aziyat chekkan. U ota-onasi tomonidan kasalxonaga olib borilganda shifokorlar bemorga oddiy ukol va dorilarni buyurishadi. Ammo qilingan dori-darmonlarga qaramay, bolaning ahvoli og’irlashavergach, shanba kuni soat tungi 01:00 lar atrofida shahar shifoxonasiga olib ketilgan.

O’tkazilgan rentgen tekshiruvlari natijalariga ko’ra qo’yilgan tashxis bilan, bola shoshilinch operatsiya qilinadi. Taxminan 3 soat davom etgan operatsiya mobaynida bolaning ichaklaridan bir-biriga yopishgan 13 ta magnit donachalari olib tashlandi. 

Ushbu amaliyotni o’tkazgan shifokor Mehmet Chakmakning so’zlariga ko’ra, mazkur operatsiya Horunning ichki a’zolarida ikki joyda teshik hosil bo’lishiga olib kelgan.  Birinchisi 12 barmoqli ichakdan 30 sm uzoqlikda, ikkinchisi esa yo’g’on ichakning yuqoriga ko’tarilgan qismida paydo bo’lgan. Shifokorlar magnitni olib tashlash uchun ushbu usuldan foydalanishga majbur bo’lishgan.

To Top ↑
To Top ↑