Turkiyaning Shirnak shahrida joylashgan ko’pqavatli uyning bog’ida o’ynayotgan bolalar 2 ta artilleriya snaryadlarini topib olishdi. Bolalarning ushbu “topilmasini” o’q ekanligini anglagan qorovul vaziyat haqida darhol politsiyaga xabar bergan. Xabarga ko’ra, manzilga politsiya va tibbiyot guruhlari jo’natilgan.
Artilleriya o’qlari topilgan hududda ehtiyot choralari ko’rildi. Tekshiruv natijasida o’qlardan biri portlamay qolgani aniqlandi. Snaryadlari yo’q qilish uchun maxsus joyda saqlashga olib ketillgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o’tamiz, kecha Turkiyaning Bartin shahrida harakatlanayotgan avtomobilning orqa eshigidan 7 yoshli bola yiqilib tushgani haqida xabar bergan edik.