Jahon yangiliklari
Rossiya Davlat Dumasi 16 yoshgacha bo'lgan farzandi bor yolg'iz ota-onalarni ishdan bo'shatishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Oldin ushbu norma 14 yoshgacha bo'lgan farzandi borlarga taalluqli edi.
Mazkur tashabbus muallifi Davlat Dumasining ijtimoiy-siyosiy masalalar bo'yicha qo'mitasi raisi Yaroslav Nilov hisoblanadi.
“16 yoshgacha bo'lgan bolalar hali ham yordamga muhtoj. Bunday vaziyatda yolg‘iz farzand tarbiyalayotgan onaning ishdan bo‘shatilishi oilani tirikchiliksiz qoldirishi mumkin. Biz yolg‘iz ota-onalarni himoya qilishimiz kerak, ish beruvchilar esa ularning mas’uliyatini tushunishlari kerak”, — dedi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin.
Endi amaldagi qonunchilikka ko'ra, ish beruvchilar homilador ayollar, uch yoshgacha farzandi bor xodimlar va 16 yoshgacha bo'lgan farzandini tarbiyalayotgan yolg'iz ota-onalar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o'z tashabbuslari bilan bekor qila olmaydi. Shuningdek, ushbu qonun ota-onasidan mahrum bo'lgan bolani vasiylikka olgan shaxslarga nisbatan ham amal qiladi.