x

Mahalliy yangiliklar

Kecha Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o'tkazilgan yigʻilishda onalar va goʻdaklar oʻlimining oldini olish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.

“Har bir ona va bola oʻlimi “favqulodda holat” deb baholanadi va soʻrov shunga yarasha boʻladi”, — deya ogohlantirdi Prezident Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat hokimlari, viloyat va tuman tibbiyot idoralari rahbarlarini.

Xorijdan mutaxassislarni olib kelib, eng avvalo, ona va goʻdak oʻlimi yuqori 20 ta tuman va shahardagi tibbiyot xodimlarini oʻqitish topshirildi.

“Xavf guruhi”ga kirgan homilador va tugʻruq yoshidagi ayollar bilan ishlash protokoli yangilanadi.

Tibbiyot brigadalaridagi 8,5 ming doya ilgʻor tajriba asosida reproduktiv salomatlik va homiladorlar parvarishi boʻyicha oʻqitiladi.

Perinatal markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislarni olib kelish, 229 ta tugʻruqxonani zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash topshirildi.

To Top ↑
To Top ↑