x

Jahon yangiliklari

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar agentligi hisob-kitoblariga ko’ra, G’azo sektorida kamida 17 ming bola Isroil hujumlari tufayli qariyb 4 oy davomida yaqinlarini yo’qotgan yoki oilasoidan butunlay ajralib qolgan. UNICEF’ga ko’ra, bu raqam tarkibidagi deyarli barcha bolalar ruhiy salomatlik yordamiga muhtoj.

Ushbu ko’rsatkich hududdan ko’chirilgan aholining 1 %iga to’g’ri kelmoqda. Bugungi kungacha sektordan 1,7 million aholi evakuatsiya qilingan. Brifingda aytilishicha, ushbu raqamlar taxminiy hisoblangan. Aniq sonlarni bilish uchun real vaqtda ma’lumotlarni tekshirishni deyarli imkoni yo’q. 

Mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, kuzatuvsiz qolgan bolalarning kimligini aniqlash deyarli ilojsiz, chunki, ular ba'zida yarador yoki shok holatida kasalxonaga olib kelingan va hatto ismlarini ham ayta olmaydilar. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojarolar paytida ota-onasidan ayrilgan bolalarni katta oilalar boqishi odatiy holga aylanmoqda.

Biroq, G'azoda oziq-ovqat, suv yoki boshpana yetishmasligi tufayli katta oilalarning o'zlari ham qiynalmoqda va boshqa bolaga darhol g'amxo'rlik qilishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Sababi ular o'z farzandlari va oilalarini boqish uchun kurashmoqda", dedi UNICEF rahbari. .

To Top ↑
To Top ↑