x

Buyuk Britaniyalik Robin Kori ismli ayolning qizi 15 yoshida Meta platformasi tufayli odam savdosi qurboni bo'lgan. Jinoiy to'da jinsiy zo'ravonlik yo'lida sotish uchun qizchani olib qochgan va u bedarak yo'qolgan.

Jabrlanuvchining onasi aytishicha, qiz 15 yoshga to'lganda oila a'zolari unga Instagram profili ochishga ruhsat bergan. "Biz mas'uliyatni his qilgan holda uning xavfsizligi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qildik", - deydi u o'z so'zida. Oradan bir necha oy vaqt oʻtgach, Kristen instagramda jinoiy toʻda bilan oʻzi bilmagan holatda xabar almashgan. Shundan soʻng, qiz uyidan gʻoyib boʻlgan. Uni olib qochgan jinoyatchilar Xyustonda jinsiy aloqa qilish uchun sotib yuborgan. 

Bu hodisalardan ma'lum vaqt o'tgandan soʻng Kristen uyga qaytib keladi. Ammo, ruhiy holati tufayli yoki odam savdosi qurboni boʻlganini hazm qila olmay yana uydan chiqib ketgan. Hozirda qiz haqida hech qanday ma'lumot yoʻq.

Qizning onasi bu mudhish voqealarga sabab qilib Instagram va jinoiy toʻdani ayblamoqda. "Agar Instagram bo'lmaganda, bunday boʻlmagan boʻlar edi" deydi u. Oradan 4 yil oʻtgan boʻlsa-da qizni hali ham tirik deya umid qilib, qidirishmoqda.

To Top ↑
To Top ↑