2024-yilning 1-fevral kuni Avstraliyaning Kapalaba mintaqasidagi parklaridan birida o’yinchoqni tutib olishga mo’ljallangan mashina ichiga Ethan ismli 3 yoshli bola qamalib qoldi. Voqea joyiga mamlakat politsiyasi darhol yetib kelib, bolani qutqarib qolgan. Ushbu holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilik e’tiborini o’ziga tortdi.
“Kapalaba shahridagi savdo markazida o’yinchoq mshinasi ichiga tushib, qamalib qolgan Ethan ismli bolani qutqarish uchun politsiya chaqirildi. O’yin natijasi: Ethan va politsiya 1:0 o’yinchoq mashinasi” deya hazil tariqasida bayonot berdi Avstraliya politsiyasi.
Internet platformalarida tarqalgan videolarda, bola qutqarilgandan so’ng politsiya xodimlari o’yinchoq mashinasidan biron-bir o’yinchoqni olishini so’ragan sahnalar aks etgan.