x

Londonning sharqiy qismida itini sayr qildirish uchun chiqqan kishi tug'ilganiga bir soatdan kamroq bo'lgan chaqaloqni topib olgani haqida xabar bergan.

Mahalliy politsiya xabariga ko'ra, qora tanli yoki aralash irqda ekanligi taxmin qilinayotgan chaqaloq Nyuxemdagi Greenway va High Street South ko'chalari kesishmasida adyolga o'ralgan holda topilgan.

Politsiya va shifoxona mas'ullari qizaloqning onasiga chaqalog'i yaxshi ahvolda ekanini bildirishni istashmoqda. Shuningdek, qayerda  va qanday sharoitda bo'lishidan qat'i nazar eng yaqin shifoxona yoki politsiyaga borishi yoki qutqaruv xizmatiga qo'ng'iroq qilishini so'rab, e'lon berishgan.

Xabarda chaqaloq va uning onasiga yuqori malakali shifokorlar yordam ko'rsatishi qo'shimcha qilingan.

Chaqaloqni topib olgan Krik ismli fuqaroning ta'kidlashicha, uni topib olganida chaqaloqning tanasida hech qanday jarohatlar bo'lmagan va shifokorlar ham uning ahvoli yaxshi ekanini bildirishgan.

To Top ↑
To Top ↑