Keniya sudining ma’lum qilishicha, “Qiyomat kuni” diniy tashkiloti yetakchisi Pol Ntenge Makkenzi 191 bola va undan tashqari 400 kishi qotilligi bilan ayblanmoqda. Ayblovlar mamalakat janubi-sharqidagi Shakaxola o’rmonidagi ommaviy qabrlar bilan bog’liq.
Avvalgi kasbi taksi haydovchisi, televangelist bo’lgan Pol Makkenzi hozirda “Qiyomat kuni” deb nomlangan nasroniylar diniy harakatining yetakchisi hisoblanadi. Gap shundaki, u o’z ta’limoti ergashuvchilarini Iso bilan ko’rishish uchun o’zlari va bolalarini quyosh tig’ida, Shakaxola o’rmonida ochlikdan o’ldirishlari kerakligini aytgan.
Unga ergashib o’zi va oilalarini qurbon qilgan 400 nafar kishining jasadi o’sha o’rmondan qazib olindi. Ayblovlarni rad etgan “qotil yetakchi” shu hafta bo’lib o’tgan sudda ishtirok etdi. Mazkur sud sudyasi prokurorlarga Makkenzi va uning yordamchilari ishini qayta to’liq ko’rib chiqish uchun 6-fevralgacha muhlat berdi.
Makkenzi mazkur sud so’ngida advokatini kulib quchoqlab, shubxa uyg’otganligi uchun keyingi sudgacha ruhiy tekshiruvdan o’tishi buyurildi.