Yaponiyada barcha darslar metaolamda bo‘ladigan dunyodagi birinchi maktabb ochildi.
O‘quvchilarga bepul VR (virtual reallik) uskunalari beriladi va ular o‘zlarining anime tasvirlarini tanlashlari mumkin. Dars mashg‘ulotlari oddiy dasturga o‘xshaydi, lekin e-sport va raqamli o‘yinlarga e’tibor qaratilgan.
9-yanvar kuni Aominext kompaniyasi Yushi Kokusai o‘rta maktabi uchun virtual ta‘lim tizimini yaratishni yakunladi.
Kompaniya metaolamda foydalanish uchun bepul uskunani taqdim etadi. O‘quvchilar VR maktabiga tashrif buyurish uchun mustaqil ravishda o'zlarining avatarlarini tanlashlari mumkin. O‘qishni tugatgandan so‘ng ular o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi guvohnomani oladi.
Qayd etilishicha, ta’lim tizimi Planeta VR platformasi asosida yaratilgan. VR maktabi onlayn darslar, madaniy tadbirlar, e-sport turnirlari, shuningdek, do'stlar bilan uchrashish va boshqa maktab tadbirlarini tashkil etish imkoniyatini taklif qiladi.