x

Namangan shahrida aliment to‘lamay, yashirinib yurgan erkak tungi klubdan topildi.
Ma’lum qilinishicha, turmush o‘rtog‘i qaramog‘ida qolgan 3 nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lamay, sud qarorida ko‘rsatilgan majburiyatdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan yurgan D.I. tungi klubdan topildi. 

Qarzdorlik salkam 2021-yilning martidan 2024-yilning yanvar oyiga qadar 50 million so‘mdan ortgan. Byuroning Namangan shahar bo‘limi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi. Kuni kecha ichki ishlar organlari xodimlari bilan olib borilgan tungi tadbir davomida qarzdor ota tungi klubdan topildi. Unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi. Sudning qaroriga asosan u 15 sutkalik qamoqni o‘tkazadigan bo‘ldi.

To Top ↑
To Top ↑