x

Dunyo boʻylab saraton kasalligi koʻpayib bormoqda va u koʻpincha yoshlarda uchramoqda.

Nashrning qayd etishicha, AQSHda saraton kasalligiga tashxis qoʻyish darajasi 20 yil ichida 12,8 foizga oshgan. Tadqiqot shuningdek, butun dunyo boʻylab, birinchi navbatda, Shimoliy Amerika, Avstraliya va Gʻarbiy Yevropada 50 yoshgacha boʻlgan odamlarda saraton kasalligiga chalinganlar soni keskin oshganiga ishora qiladi.

Nashr saraton markazida erta boshlangan oshqozon-ichak saratoni bilan ogʻrigan bemorlarga moʻljallangan dastur direktorining soʻzlaridan iqtibos keltiradi: “Bemorlar yosharmoqda. Bu atrof-muhit taʼsiri, oziq-ovqatlar, dori-darmonlarimiz yoki bizda hali aniqlanmagan narsa boʻlishi mumkin”.

Maqolada aytilishicha, bu tibbiyot mutaxassislarini boshi berk koʻchaga olib boradi. Shifokorlar esa buni turmush tarzi oʻzgarishiga bogʻlaydi – yetarli darajada jismoniy faollikning yoʻqligi, yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqatlarning koʻpligi, yangi toksinlar, mikroplastiklarning paydo boʻlishi va semirib ketganlar sonining koʻpayishida ekanligiga shubha qilishadi. Shu bilan birga, mutaxassislar semirish va turmush tarzi vaziyatni toʻliq oʻz ichiga olmasligini taʼkidlamoqda.

“Koʻp yosh bemorlar juda sogʻlom, yaʼni boshqa tana aʼzolari soppa-sogʻ”, –dedi Xyustondagi saraton markazining yoʻgʻon ichak saratoni jarrohi Nensi Yu.

To Top ↑
To Top ↑