x

Qozogʻiston Respublikasi bosh sanitariya shifokori Ayjan Esmagambetova 28-dekabr kuni Senat yigʻilishida Qozogʻistonda qizamiqdan bolalar oʻlimi bilan bogʻliq ikkita holat haqida maʼlum qildi.

Jurnalistlar Qozogʻistonda qizamiq bilan kasallanish bilan bogʻliq vaziyat qanday va oʻlim holatlari kuzatilganmi, degan savolni berishgan.

“Ikkita oʻlim holati qayd etildi — Ostona va Sharqiy Qozogʻiston viloyatida. Bular bir yoshgacha boʻlgan bolalar, yaʼni ular emlash yoshiga etmagan”, deya javob berdi Ayjan Esmagambetova.

Bosh sanitar shifokorning soʻzlariga koʻra, qizamiq bilan kasallangan bolalar orasida ogʻir ahvolda qolayotganlari ham bor.

Avvalroq qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida bolalar orasida qizamiqqa chalinish holatlari koʻpaygani xabar qilingandi.

To Top ↑
To Top ↑