x

Maʼlumotlarga koʻra, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 14-sonli maktab direktori 2022-yilda shu maktabning 3 nafar oʻqituvchisiga ajratilgan moddiy ragʻbat pullarini hamda Oʻqituvchilar kuni munosabati bilan 31 nafar oʻqituvchiga ajratilgan pullarni – jami 14 mln soʻmdan oshiq mablagʻni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, 50 yoshli maktab direktori yana 2 nafar oʻqituvchining goʻyoki sogʻligini tiklash uchun 12 mln soʻm yordam puli ajratilishiga erishib, umumiy hisobda 32 mln soʻmdan ortiq mablagʻni rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

JIB Bandixon tuman sudi hukmiga koʻra, maktab direktori tegishli moddalar bilan oqlangan va jazodan ozod qilingan. Shundan soʻng, appelyatsiya sudida uning oʻrinbosari oqlaganidan norozi ekanini bildirgan. Maktab direktori appelyatsiya majlisida oʻrinbosarining unda adovati borligi va 31 nafar oʻqituvchi oʻz xohishi bilan mablagʻni maktab taʼmirlash ishiga yoʻnaltirganini bildirgan.

Appelyatsiya instaniyasi ajrimiga koʻra, N.B.ga nisbatan hukmning JKning 71-moddasiga asosan jazodan ozod qilish qismi bekor qilingan va unga 70-modda tartibida jazo tayinlanmagan, hukmning qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan.

To Top ↑
To Top ↑