Oila va xotin-qizlar qo`mitasining bo`ysunuvi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o`tkazildi. Bu haqda joriy yilning 21 dekabr' kuni “Oila va xotin-qizlar qo`mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko`ra, Oila va xotin-qizlar qo`mitasining bo`ysunuvi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o`tkazildi.
Qo`mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
- Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o`rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimi joriy etildi.
- Shuningdek, Qo`mita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:
- Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o`rinbosari – Qoraqalpog`iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimi;
- viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o`rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
- tuman (shahar) hokimlarining o`rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo`limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.
Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.
Ma'lumot uchun, hozirda Bosh vazir o`rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo`mitasi raisi Zulayho Mahkamova hisoblanadi.