x

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva farzandlari bilan bolalar kutubxonasiga bordi

Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, mazkur kutubxona ular uchun birgalikda vaqt o‘tkazadigan mo‘jaz makonga aylangan. 

“Yangi yilgacha oz qoldi. 
Bolajonlarimizning mustaqil bo‘lishiga ham…

Vaqt shu qadar tez o‘tyaptiki, bo‘layotgan o‘zgarishlardan hayron qolasiz.

Mazkur kutubxona biz uchun birgalikda vaqt o‘tkazadigan mo‘jaz makonga aylangan.

Oyna ortida ishdan qaytayotgan shahar, ichkarida esa varaqlar shitirlashi va dunyodagi eng yaxshi ifor – kitob hidi. Bolalarim kitob o‘qiyotganini ko‘rish men uchun doim quvonarli. Chunki ular kitob orqali bilim va sarguzashtlar olamini – insoniyat tajribasi va tasavvurining bebaho xazinasini o‘zlari uchun qayta-qayta kashf etadi”, — deydi prezident yordamchisi.

 

 

 

To Top ↑
To Top ↑