Qashqadaryoda 38 nafar ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga uy-joy berildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar uchun ajratilgan uylar kalitini o`z egalariga topshirdi. Prezident qarori ijrosini ta'minlanishi ortidan viloyatda yashovchi ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning yana 38 nafari yangi yilni o`z xonadonlarida kutib olishadigan bo`ldi.
Ma'lumot o`rnida aytish mumkinki, joriy yilning 30 iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan ham 30 nafar yoshlarga uy topshirilgandi.