x

Mahalliy yangiliklar

Bolalar ombudsmani erta nikohlar va maktab yoshidagi qizlarga nisbatan unashtiruv marosimlarini o‘tkazilishi kabi salbiy holatlar yuzasidan Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, Kasbi va Koson tumanlarida o‘rganishlar o‘tkazdi.

22 va 23-dekabr kunlari Bola huquqlari bo‘yicha vakil — Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Koson, Kasbi va Ko‘kdala tumanlarida bo‘ldi.

U ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda bugungi dolzarb va og‘riqli masala - erta nikoh holatlarini oldini olish va bu borada mas’ullar oldida turgan muhim vazifalar muhokama etildi. 

Shuningdek, Bolalar ombudsmani shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan voyaga yetmagan qizlarning turmushga berilgani haqidagi xabarlarni ham o‘rgandi. Holatlar tahlil qilindi.

Tashkil qilingan uchrashuvlarda farzandlarini erta turmushga bermoqchi bo‘lgan ota-onalar ham chaqirtirilib, ularga erta nikohning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Bu holatlarga yo‘l qo‘ygan ota-onalar Ma’muriy va Jinoyat kodekslari bilan belgilangan javobgarlikka tortilishi eslatildi.

Bolalar ombudsmani unashtiruv marosimi o‘tkazilgan deb ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqagan har bir qiz bilan uchrashib, ular bilan alohida xoli suhbat o‘tkazdi. 

Shuningdek, tumanlarda o‘rganish va tahlillar olib borildi. Bugun, 23-dekabr kunining o‘zida tuman hokimiyati bilan birgalikda Koson tumanidagi bir oila 17 yoshli qizini to‘yi belginganligi aniqlanib, to‘y va unga bog‘liq barcha marosimlar to‘xtatildi. FHDYo tomonidan qayd etilgan nikoh guvohnomasi bo‘lmay shar’iy nikox o‘qigan diniy vakil javobgarlikka tortilishi choralari ko‘rildi. Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom etadi.

To Top ↑
To Top ↑