Mahalliy yangiliklar
Farg‘onada voyaga yetmagan yigitning yonidan qariyb 6 mln so‘mlik “paqildoq” topildi. Aniqrog‘i, 69 ta qutida 3795 dona «Britanik» nomli pirotexnika vositasi topilgan. Endi yigitchaning otasiga nisbatan chora ko‘riladi.
Buning uchun u Oltiariq tumani hokimligining voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyasiga yuborildi.
Eslatib o'tamiz, pirotexnika vositalaridan foydalanish va uni tarqatish qonun bilan taqiqlangan hamda inson salomatligiga zararli hisoblanadi.