Mahalliy yangiliklar
Toshkent shaharning Yashnobod tumanidagi xonadonlarning birida yuz bergan yong`inda bir oilaning 3 nafar a'zosi halok bo`ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 18 dekabr' kuni tumandagi xonadonlardan birida kuchli yong`in sodir bo`lgan. Buning oqibatida o`y butkul yonib ketgan va bir ayol va uning ikki qizi halok bo`lgan. Ayol 28, qizlar esa 8 va 5 yoshda bo`lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.