2023 yil 18 dekabr kuni soat 17:25 lar atrofida Samarqand tumani «Diyor» MFY hududidan yo`ldan o`tayotgan maktab o`quvchisini shu yo`nalishda harakatlanib kelgan qora rangli «Jentra» rusumli transport vositasi urib yuborib, voqea joyidan yashiringan.
Oqibatda maktab o`quvchisi tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilib, tibbiy yordam ko`rsatilib, uyiga javob berilgan.
Qidiruv-surishtiruv tadbirlari davomida mazkur yo`l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi aniqlangan.
Ma'lum bo`lishicha, Samarqand tumani «Talibarzuipoyon» MFYda yashovchi, 2008 yilda tug`ilgan maktab o`quvchisi onasiga tegishli bo`lgan ushbu avtomashinani boshqarib yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Hozirda Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.