Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni yoshlar siyosatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yildagi ustuvor vazifalar boʻyicha hisobot bilan tanishdi.
Yigʻilishda yoshlar bilan ishlash borasida 2024-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalarga ham eʼtibor qaratildi.
Har bir hudud, vazirlik va idoralar tizimida yoshlar bilan ishlash boʻyicha yangicha yondashuv joriy etiladi. Yoshlar yetakchisi tavsiyasi bilan beriladigan yordam turlari transformatsiya qilinib, asosiy eʼtibor ularni zamonaviy kasb-hunarga oʻrgatishga qaratiladi.
Bolalarning koʻnikmalari, qiziqishlari va isteʼdodini rivojlantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston bolalar tashkilotini tuzish taklifi bildirildi. Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash borasidagi ilmiy-tadqiqot va tahliliy ishlarni takomillashtirish zarurligi qayd etildi.