Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanidagi “Yangi darxon” mahallasi, 18-uydagi liftda elektr toki uzilgani, natijada liftning tormozi ishlamay pastga qulagani, ichida yosh qizaloq bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi.
Holat bo‘yicha tuman hokimi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Sanoat xavfsizligi va barcha mas’ullar o‘rganish ishlarini olib borishgan.
Sanoat xavfsizligi xodimlari tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilganda, lift elektr ta’minotidan uzilgan vaqtda generator ishga tushgani va qiz pastki qavatga xavfsiz tushgani ma’lum bo‘lgan.
"Mas’ullar qiz va uning oilasi bilan suhbatlashishdi. Qizning ahvoli yaxshi va kayfiyati ijobiy", – deyiladi axborot xizmati xabarida.