Mahalliy yangiliklar
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanida transformator portlashi oqibatida uch nafar bola vafot etgani xabar berilgan edi. Hokimlik axborot xizmati buni rad etdi va noto`g`ri axborot uchun javobgarlik borligini eslatdi.
Bolalarning o`limi haqida yozgan tarmoq faoli portlagan transformator uning uyi yonida bo`lganini, bolalar esa o`sha transformator yonida o`yin o`ynayotganini bildirgan.
Internet foydalanuvchisining xabariga munosabat bildirgan hokimlik axborot xizmati rahbari Sherzod Hasanov voqeani rad etadi. Va xabar muallifiga yolg`on axborot tarqatish javobgarlikka sabab bo`lishini ma'lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog` tumanida transformator portlagani va mazkur voqea tufayli yosh bolalar vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Tumanda bu kabi holat aslo ro`y bergani yo`q, — deyiladi hokimlik munosabatida.
Qo`shimcha qilinishcha, xabar muallifi qidirilmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda yolg`on axborot tarqatgani uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi ta'minlanadi.