Avvalroq Buxoro viloyati Kogon shahridagi xususiy bog‘chalardan birida 2 yoshli bola tarbiyachi tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan shahar IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 20 noyabr kuni Kogon shahridagi oilaviy bog‘chada kaltaklangan bola 2021 yilda tug‘ilgan O‘.Q. bo‘lgan. O‘sha kuni bolaning onasi birinchi marta O‘.Q.ni bog‘chaga olib borgani sababli u injiqlik qilib yig‘lagan, muassasa "tarbiyachi"si esa kichkintoyni urib tartibga chaqirgan.
Ombudsmanga ko‘ra, ushbu voqea yuzasidan Kogon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voyaga yetmagan O‘.Q.ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, N.A.ning harakatlariga huquqiy baho berish masalasi ko‘rilyapti.