x

Qatar davlati HAMAS va Isroil o‘rtasidagi almashinuvni osonlashtirishga harakat qilmoqda. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

HAMAS harakatining harbiy qanoti “Al-Qassam” brigadalari vakili Abu Ubaydaning aytishicha, harakat ayirboshlash doirasida besh kunlik sulh so‘ragan. Unda o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azo sektorining barcha hududlariga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berish kiradi.

Abu Ubaydaning so‘zlariga ko‘ra, Isroil HAMASdan 100 nafar ayol va bolani ozod qilishni so‘ragan, biroq guruhning qarshi taklifida garovga olinganlar soni kamroq bo‘lgan.

“Ammo ular hali ham bu shartlarni bajarishga ikkilanib turibdi”, deydi Abu Ubayda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu SAXALning G‘azodagi harakatlari «adolatli» ekanini da’vo qilib, butun dunyo uni yoqlashi kerakligini iddao qilib chiqqandi.

To Top ↑
To Top ↑