x

Shu yilning 26 oktyabr' kuni JIB Kattaqo`rg`on tumani sudining hukmi bilan 2004 yilda tug`ilgan fuqaro I.D. O`zbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismi (O`zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqorat qilish yoki unga tuhmat qilish, matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon tarmog`idan foydalanganholda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan ayblanib, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov xabar bermoqda. 

Sudda o`z aybiga to`liq iqrorlik bildirgan o`spirin jazoni manzil koloniyalarda o`taydi.

Sud hukmida aytilishicha, Kattaqo`rg`on tumani «Sho`rak» MFY Erkinnafas qishlog`ida yashovchi bu yigit Instagram tarmog`idagi akkauntlari orqali Prezident shaxsini o`ta qo`pol so`zlar bilan obro`sizlantirgan.

To Top ↑
To Top ↑