x

Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023 y.) bilan ayrim qarorlarga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi.

Unga ko`ra:

  • 2024/2025 o`quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O`zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;
  • Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

Shuningdek, Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasi mablag`lari hisobidan Milliy gvardiya bo`linmalari va harbiy qismlarining ob'ektlariga quyosh fotoelektr stantsiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bosqichma-bosqich o`rnatiladi.

To Top ↑
To Top ↑