O`zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o`rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko`ra, 2023 yilning 1 oktyabr' holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 million 599 ming 764 kishini tashkil etgan. Ushbu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga qaraganda 2,2 foizga ko`p.
Mamlakat aholisi 2023 yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko`paygan. Bu har bir oyda o`rtacha 64 ming chaqaloq tug`ilganini anglatadi. Bu ko`rsatkich doimiy aholi soni har kuni o`rtacha 2,1 ming kishiga ortayotganini ko`rsatadi.
Eslatib o`tamiz, 2023 yil 1 oktyabr' holatiga Toshkent shahrida yashovchi doimiy aholi soni 3 mln 20,5 ming kishini tashkil etgandi.